Xalqaro amaliyotda soliqqa tortishning tartibga solish funksiyasi samarali
taraqqiyoti yoʻnalishlariga doir keng ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy
izlanishlarda jahon bozori konyunkturasidagi keskin oʻzgarishlar, xalqaro soliq
amaliyoti va uning biznes muhiti, raqobatning milliy doiradan jahon darajasiga
chiqqanligi asosida soliqqa tortishning tartibga solish funksiyasi samarali
taraqqiyotini taʼminlashga oid oʻrta va uzoq muddatli strategiyaga taʼsir etuvchi
omillarni oldindan baholash kabilarga alohida eʼtibor qaratilgan.