Jahonning rivojlangan mamlakatlari soliq amaliyotida soliq bazasini aniqlash tartibini takomillashtirish bilan bog‘liq soliq hisoboti va axborot almashinuvining umumiy standartlarini ishlab chiqish, soliq qonunchiligining tushunish darajasini soddalashtirish choralari, soliq organlari potensial soliqdan Ьо‘уш tovlash va qochish holatlarini aniqlashga yordam beruvchi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishni yaxshilash texnologiyalaridan foydalanish, soliq to‘lashdan Ьо‘уш tovlaganlik va qochish uchun jazolarni kuchaytirish, mamlakatlar soliq qonunchiligidagi tafovutlarni kamaytirish va turli yurisdiksiyalar bо‘yicha soliq solish bazalarini solishtirishni osonlashtirish uchun soliq tizimlarini uyg‘unlashtirishga oid ilmiy tadqiqotlar ustuvor vazifalar hisoblanadi.