Dunyo mamlakatlarida soliq siyosatida lozim darajada ehtiyotkorlik tamoyili asosida soliq to‘lovchilarni turli xil soliq xavfiga tushib qolmaslik borasidagi normalarni o‘zlarining soliq qonunchiligiga kiritib, kontragent soliq to‘lovchilar baholab borishning samarali usullari keng qo‘llanilib kelinmoqda. Kontragent soliq to‘lovchilar faoliyatini baholash, uni oshkor qilish orqali boshqa soliq to‘lovchilarni lozim darajada ehtiyot bo‘lishga chorlash bilan bir qatorda, ko‘pgina ilmiy markazlar bu bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish masalasi kun tartibida olib chiqilmoqda.