Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida bo'lgani kabi soliq riski bilan bog'liq yuzaga keladigan salbiy iqtisodiy oqibatlarning ta‘sirini kamaytirish, uni optimal baholash asnosida budjetga zararlarni kamaytirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj doimo saqlanib qolinmoqda, ilmiy tadqiqot yo'nalishlarida soliq riski bilan bog'liq tadqiqotlar hissasi oshib bormoqda. Soliq riskini yuzaga keltiruvchi omillarni ilmiy jihatdan asoslash, soliq tizimida soliq to'lovchilar faoliyatini segmentlash xususiyatlarini ochib berish, soliq riskini aniqlash, ularda qo'llaniladigan mezonlarni ishlab chiqish, soliq riskini boshqarish uslubiyotini yanada takomillashtirish bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi.