Jahonda global moliyaviy beqarorlikning oldini olish zaruriyati oshib borayotgan sharoitda soliq ma‟muriyatchiligida soliq to„lovchilarga xizmat ko„rsatishni takomillashtirishga bag„ishlangan izlanishlar olib borilmoqda. Soliq munosabatlari ishtirokchilari xulq-atvorining o„zaro ta‟siri, soliq to„lovchilarga xizmat ko„rsatishni tashkil etish va uslubiy ta‟minlashning konseptual yangi yondashuvlarini ishlab chiqish, davlat hamda munitsipalitetlar majburiyatlarining bajarilish samaradorligini oshirish, soliq bazasini kengaytirish, soliqni
boshqarishning tashkiliy-huquqiy shartlari va soliq ma‟muriyatchiligining sifatini
ta‟minlash, soliq organlari faoliyatiga axborot texnologiyalarini faol joriy etish, soliq nazorati samaradorligini oshirish, soliq tavakkalchiligini boshqarish bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo„nalishlaridan hisoblanadi.