Jahonda moliyaviy beqarorlikning kuchayish sharoitida soliq ma’muriyatchiligi uslubiyotini takomillashtirishga oid ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini baholash, soliq qarzlari yig‘iluvchanlik darajasini oshirish, soliq yig‘ish xarajatlarini kamaytirish, yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirishda fiskal instrumentlardan foydalanish, elektron tijorat aylanmalarni soliqqa tortishni takomillashtirish hamda soliq to ‘lovchilar va soliq organlari o‘zaro hamkorlik faoliyatini yanada yaxshilash soliq ma’muriyatchiligiga oid ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.