Xalqaro amaliyotda soliq imtiyozlaridan samarali foydalanishda nazoratni
takomillashtirishga oid soliq qonunchiligini isloh qilish, soliq ma’muriyatchiligi va ijrosini ta’minlash tizimini takomillashtirish, soliq tizimida oshkoralik va javobgarlikni oshirishga doir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, soliq imtiyozlarini qo‘llashda shaffoflik va hisobdorlikni, soliqqa tortishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar aylanmasini takomillashtirish, ma’lumotlarni to ‘plash va tahlil qilishning samarali usullarini joriy etish, soliq imtiyozlari samaradorligini o‘lchashning uslubiy asoslarini rivojlantirish, soliq imtiyozlarini qo‘llashning izchilligini ta’minlash, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sabablarini aniqlash, soliq organlari o‘rtasidagi muvofiqlashtirish va hamkorlikni kuchaytirish orqali soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarining oldini olish kabi dolzarb masalalar bu boradagi tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.