Xalqaro miqyosda tijorat banklari faoliyatiga raqamli texnologiyalardan foydalangan holda innovatsiyalar va toʼlov usullaridan foydalanishga asoslangan yangi mahsulot va xizmatlarni joriy etish toʼlovlarni amalga oshirishning anʼanaviy tamoyillarini oʼzgartirishga xizmat qilmoqda. “McKinsey’s 2021 Global Payments Report” maʼlumotlariga koʼra, “COVID-19 global sogʼliqni saqlash inqirozi davrida bank mahsulotlarini raqamlashtirish toʼlovlar daromadlarining kutilganidan yuqori boʼlishiga yordam berdi. Shu bilan birga, 2020 yilda global toʼlovlar daromadlari 2014 -2019-yillarda kuzatilgan 7 foizga oʼsish bilan solishtirganda 2019 yilga nisbatan 5 foizga kamayib, 1,9 trln. АQSh dollarini tashkil etdi. Umuman, bank tizimidagi toʼlov tizimlari sanoati keskin iqtisodiy oʼzgarishlarga hayratlanarli tarzda chidamli ekanligini isbotladi, hattoki koʼplab mamlakatlar yilning sezilarli qismini izolyatsiyada oʼtkazdi”1. Bugungi kunda toʼlov tizimlariga asoslangan bank mahsulot va xizmatlarini raqamlashtirish eng muhim vazifalardan biri boʼlib qolmoqda.