Jahon miqyosida paxta-to‘qimachilik klasterlari iqtisodiy faoliyatini ekonometrik modellashtirish masalalari qishloq xo‘jaligi xomashyosining barqaror ta’minoti, qayta ishlash chuqurligini oshirish, qiymat zanjirlari samaradorligini baholash va klasterlashtirish siyosati natijadorligini aniqlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarning alohida yo‘nalishi sifatida izchil o‘rganilmoqda.