Dunyo miqyosida aholi sonining ortib borishi, iqlim о‘zgarishi holatlarining yuz berayotganligi, dunyodagi yirik shaharlar kо‘lamining kengayishi va ulardagi aholi sonining о‘sib borish jarayonlari bugungi kunda oziq-ovqatga bо‘lgan talabning ortishiga olib kelmoqda. Bu esa oziq-ovqat sanoati korxonalariga bо‘lgan talabning oshishiga va ularning dunyo miqyosidagi talablarga moslashishiga sabab bо‘lmoqda.