Jahon miqyosida global raqobatlashuv jarayonlarining kuchayib borishi sharoitida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda bank tizimi rolini oshirishning zaruriy sharti sifatida kredit mexanizmining ahamiyati oshib bormoqda. Shu sababli, taraqqiy etgan
mamlakatlarda kredit mexanizmini takomillashtirishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. ““Deutsche Bank”da (GFR) 2022-yilda 2021-yilga nisbatan kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog„i 0,6 foizli punktga oshgani holda, ularning daromadlilik darajasi 0,7 foizli punktga oshdi. “Bank of America” (AQSh) bankida, 2023-yilning 1-yanvar holatiga, kreditlar bo„yicha zaxira ajratmalarining brutto aktivlarga nisbatan darajasi 0,1 foizni tashkil qildi”1. Buesa, kredit mexanizmini takomillashtirish borasidagi ilg„orxorij tajribasini tadqiq qilish vauning amaliy ahamiyatiga baho berish zaruriyatini yuzaga keltiradi.