Jahonda mamlakatlar ichki turizmini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ichki turizmni rivojlantirish tendensiyalarini belgilash, milliy iqtisodiyotga muvofiq keluvchi ichki turizmni rivojlantirish modelini ishlab chiqish, ichki turizmni rivojlantirishda davlatning o‘mini hamda turistik faoliyatni boshqarishda tashkilotlar va turistlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ichki turizmning salohiyati darajasini baholash, uni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi uslubiy asoslarini takomillashtirish bu boradagi ilmiy tadqiqotlaming ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.