Jahonda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda soliq tekshiruvlari soliq to‘lovchilarni soliq organlari oldida hisob-kitoblarni to ‘g‘ri taqdim etishga yordam beruvchi xizmat sifatida o‘rganilmoqda. Tadqiqotlar doirasida soliq to‘lovchilarning soliq qonunchiligiga rioya etmaslik darajasi oshishini cheklash, soliq tekshiruvining soliq qonunchiligiga ta ’sirini o ‘rganish, soliq ma’murchiligini osonlashtiruvchi qonunchilik islohotlarini joriy etish, soliq tekshiruvining daromadlarni yig‘ish samaradorligiga ta’sirini o‘rganish, soliq tekshiruvi
samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni baholash, soliq tekshiruvi modellari va soliq organlari faoliyatiga elektron texnologiyalarni joriy etish singari masalalarda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.