Jahonda moliyaviy globalizatsiya sharoitida tijorat banklarining an’anaviy operatsiyalarini rivojlantirishga oid ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Raqamli bank xizmatlarini ommalashtirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish, tijorat banklari mobil ilovalari orqali mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish hajmini oshirish, on-layn banklar mijozlari sonini ko‘paytirish, mamlakatlararo on-layn xizmat ko‘rsatish, bank xizmatlarini innovatsion va texnologik jihatdan takomillashtirish, bank xizmatlarini rivojlantirishda raqamli platformalardan foydalanish bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.