Qo‘llanma talabalar, magistrantlar, aspirantlar, iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, mamlakatning moliya tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan amaliyotchi mutaxassislar va XYuSlar moliyasi muammolari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan. Toshkent Moliya institutining uslubiy kengashi qaroriga muvofiq o‘quv qo‘llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan (2009-yil 16-apreldagi 3-sonli kengash qarori).