Butunjahon iqtisodiy kompleksida turizm tarmog„ida yaratilgan xizmatlar yoqilg„i sanoati, kimyo sanoati, oziq-ovqat hamda avtomobil sanoati eksportidan so„ng beshinchi o„rinni egallaganligi uning iqtisodiyot rivojlanish sur‟atlariga sezilarli darajada ta‟sir ko„rsatayotganligidan dalolat beradi. Xorijiy davlatlar o„z milliy turizm mahsulotini diversifikatsiya qilish asosida turizm xizmatlari eksporti hajmini muntazam oshirib borishga jiddiy e‟tibor qarata boshladi.