O‘zbekistonda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va aholi farovonligini ta’minlashda daromadlarni qayta taqsimlash jarayonlari samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, samarali taqsimot tizimini yaratish orqali “konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligini 2024-yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foizdan va kelgusi yillarda 3 foizdan past bo‘lgan miqdorda bo‘lishini ta’minlash”2, shuningdek, daromadlarni qayta taqsimlash jarayonlarida “har bir tuman byudjetining kamida 5 foizini “Fuqarolar byudjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish”3 masalalari strategik vazifalar sifatida belgilangan.