Jahon mamlakatlarining iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish orqali o‘z raqobatbardoshliklarini oshirishga harakatlari kuchayib borayotgan sharoitda
maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish va rivojlantirish muammolariga yo‘naltirilgan ko‘plab ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish orqali hudud rivoji uchun muhim bo‘lgan ichki va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ishlab chiqarishga zamonaviy ilg‘or texnologiyalar va puxta o‘ylangan menejment tizimi qo‘llanilishini yo‘lga qo‘yish, hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligini baholash uslubiyotini takomillashtirish, mazkur sohaga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda isiqbol ko‘rsatkichlarini baholash kabi masalalar bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.