Jahonda innovatsiyalar - iqtisodiy o‘zgarishlar va rivojlanishning asosiy omili, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlovchi kuchdir. Innovatsiyalarni rag‘batlantirish va innovatsiya faoliyatini jadallashtirish rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy siyosatining asosiy strategik maqsadiga aylangan bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda tobora yuqori ahamiyat kasb etmoqda.