Ushbu o'quv qo'llanma 5311000-«Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish» ta‘lim yo'nalishi hamda unga turdosh bakalavr ta‘lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda konchilik sanoati, kimyo va neft-kimyoviy sanoat korxonalaridagi ishlab chiqarish jarayonlarida qo'llanilayotgan hisoblash mashinalari, tizimlari va tarmoqlari, ularning tasnifi, tuzilishi, kurish usullari, fanning tarixi va rivojining tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalarini ishlab chiqarish jarayonlarining istiqboliga ta‘siri kabi masalalarni o'zida mujassamlashtirgan. Keltirilgan nazariy materiallar misollar yordamida yoritilgan, mustaqil tayyorlanish uchun esa nazorat savollari va testlar ilova qilingan.