Jahon iqtisodiyotida koʻchmas mulkni soliqqa tortish metodologiyasini takomillashtirish iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash, byudjet tushumlarini barqaror taʼminlash va teng raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Soliqqa tortish mexanizmlarining aniqligi va adolatliligi bozorda mulk qiymatining real aks ettirilishiga, shuningdek, soliq tashuvchilarning majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarishiga turtki beradi.