Jahonda iqtisodiy integratsiya va global raqobatning kuchayishi sharoitida sanoat korxonalari faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Sanoat korxonalari faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirish, innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi omillarni tizimlashtirish, korxonalar innovatsion siyosatiga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, innovatsion jarayonlarga investitsiyalar ta’sirini baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirish, innovatsion jarayonlarning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini ekonometrik modellashtirish, iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlash masalalari bu borada amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.