O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish, chet ellik investorlarning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash va ularni himoya qilish, shuningdek, investitsiya muhitini yaxshilashga yo‘naltirilgan tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishi, iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshirish va innovatsion-investitsiyaviy jarayonlarni jadallashtirishga qaratilgan.