Jahon ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan inson kapitali masalalariga bag'ishlangan tadqiqotlarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishida inson kapitalining rolini aniqlash, inson kapitalini baholashga uslubiy yondashuvlarni o'rganish, inson kapitalini rivojlantirishga samarali investitsiyalarni o'rganish, shuningdek iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida inson kapitalini rivojlantirish masalalari ushbu sohadagi tadqiqotning ustuvor yo'nalishlari hisoblanadi.