Mazkur o‘quv qo‘llanmada inson taraqqiyoti konsepsiyasining nazariyasi va asoslari uning tarkibiy qismlari, ushbu konsepsiyaning iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish modellari bilan o‘zaro bog‘liqligi, inson taraqqiyoti indeksini hisoblash uslubiyoti, inson taraqqiyotining demografik va ekologik omillari, ushbu sohadagi milliy maqsadlarni amalga oshirishda davlatning roli, O‘zbekiston Respublikasida inson taraqqiyoti ko‘rsatkichlarining tahlili bayon etilgan.