Jahonda turizm tashqi bozorga yo‘naltirilgan eng yirik tarmoq sifatida namoyon bo‘lib, global iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashga qo‘shayotgan katta hissasi tufayli innovatsion iqtisodiyotda turizm sohasini barqaror rivojlantirishga yo‘naltirilgan ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Innovatsion iqtisodiyotda turizm sohasini barqaror rivojlantirish jarayonlarining uslubiy asoslarini chuqurlashtirish, sohani barqaror rivojlantirish tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlariga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash, turizm sohasi rivojlanishiga shart-sharoitlar va turistik infratuzilmalar ta’sirini baholashning uslubiy asoslarini ishlab chiqish, malakali xodimlar salohiyatidan foydalanish yo‘nalishlarini aniqlash, turizm sohasini barqaror rivojlanishini ta’minlashda marketing tadqiqotlarini takomillashtirish bu boradagi
ilmiy tadqiqolarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.