Mazkur darslikda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqaruv va milliy iqtisodiyot sohalarida tutgan o'rni hamda informatika industriyasi mahsulotlarining tarkibiy jihatlari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, unda amaliy dasturlar paketlaridan iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni yechishda foydalanish texnologiyalari taklif qilingan va ilk bor iqtisodiy jarayonlarni algoritmlashtirish asoslari, ular negizida dasturiy mahsulotlarni yaratish texnologiyalari bo'yicha ma’lumotlar keltirilgan hamda milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarida axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish yo'llari ko'rsatib
berilgan.