Jahondagi yirik moliya bozorlarida moliyaviy instrumentlar bozor qiymatining dinamik o‘zgarishi va iqtisodiy noaniqlik sharoitida ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar, xususan obligatsiyalar, opsionlar va forvard bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar faol davom etmoqda. Ayniqsa, qimmatli qog‘ozlar bozorining ikkilamchi segmenti uchun muhim bo‘lgan aksiyalar, obligatsiyalar va derivativlarning savdo hajmini oshirish masalasi tadqiqotchilarning diqqat markazida turibdi.