M illiy iqtisodiyotda muhim o’rin egallab borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish harnda bu orqali ichki bozorni raqobatbardosh, sifatli va eksportbop mahsulotlar bilan to’ldirish, yangi ish o’rinlari yaratish hamda buning asosida
aholi daromadlarini ko'paytirish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash borasida ahamiyatga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, bu soha davlat byudjetiga soliq to'lov tushumlari hajmining ko’payishi va iqtisodiy
rivojlanishning asosiy ko'rsatkichi hisoblangan yalpi ichki mahsulot salmog’ining oshishiga asosiy turtki bo'lmoqda.