Jahon mamlakatlari tajribasi ko‘rsatishicha, mamlakat iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami faol jalb qilish iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Mazkur masala, birinchi navbatda, mamlakatning investitsion jozibadorligiga, xorijiy investorlarga yaratilgan shart-sharoitlarga va mamlakatda olib borilayotgan investitsiya siyosatiga borib taqaladi.