Ushbu darslik tashkilotlarda strategik maqsadlarini amalga oshirishda axborot tizimlarini samarali boshqarish va iqtisodiyotda axborot tizimlarining qurilishi to‘g‘risida fundamental bilimlarni berish, zamonaviy avtomatlashtirilgan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlarida iqtisodiy masalalarni yechish uchun axborot texnologiyalari vositalari va usullaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Ushbu darslik «Global strategiya, boshqaruv va axborot tizimlari» fanini o‘qiyotgan oliy o‘quv yurti magistrantlariga mo‘ljallangan, hamda iqtisodiyotning turli sohalarida strategik boshqaruv va axborot tizimlarini mustaqil o‘rganayotganlarga foydali bo‘lishi mumkin.