Jahonda global raqobatning kuchpyib borishi sharoitida to‘qimachilik
sanoatida eksportbob mahsulot ishlab chiqarishda operatsion strategiyani
takomillashtirishga qaratilgan qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Ishlab
chiqarishda operatsion strategiyani ishlab chiqishning uslubiy asoslarini
takomillashtirish, paxta va to‘qimachilik klasterlarining operatsion strategiyasini
ishlab chiqishda innovatsion ilmiy yondashuvlarni joriy etish, noaniq bozor
sharoitida paxta va to‘qimachilik klasterlarining operatsion strategiyasini tanlash
va maqbullashtirish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali
yo‘nalishlarini asoslash, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishda
innovatsion texnologiyalar va modernizatsiya qilingan tarmoqlararo aloqalardan
foydalanish istiqbollarini tadqiq etish bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor
yo‘nalishlaridan hisoblanadi.