Jahon iqtisodiyoti sharoitida hududlar biznes muhitini rivojlantirish va samarali boshqarish milliy iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish, tadbirkorlik faolligini oshirish va investitsiyaviy jozibadorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biznes muhitini yaxshilash orqali kichik va o‘rta biznes subyektlarining huquqiy, moliyaviy va infratuzilmaviy imkoniyatlarini kengaytirish, xo‘jalik yuritish sharoitlarini soddalashtirish, raqobatbardoshlikni oshirish mumkin bo‘ladi.