Jahonda globallashuv va xalqaro raqobatning kuchayib borishi sharoitida
qishloq xo„jaligi tarmog„i, jumladan, fermer xo„jaliklarini rivojlantirish
masalalariga oid ko„plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Fermer xo„jaliklari
faoliyatiga istiqbolli sun‟iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, texnik va ozuqa
ekinlari yetishtiruvchilarni axborot hamda sun‟iy intellekt dasturlari orqali qo„llab-
quvvatlash, qishloq xo„jalik ekinlarini kompyuter vositasida tanib olishga
asoslangan ma‟lumotlarni tahlil qilish va ishlov berish, o„simliklarni fototiplash va
kompyuter orqali tasvirlash, begona o„tlarni mexanik ta‟sir yoki kimyoviy
reagentlar yordamida yo„q qilishda robot texnologiyalarini qo„llash, fermer
xo„jaliklari rivojlanishini imitatsion modellashtirish va prognozlashtirish kabilar
mazkur ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo„nalishlaridan hisoblanadi.