Ushbu darslikda aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasining ob’yektlari, tamoyillari, mexanizmlari va yo‘nalishlari, kam ta’minlangan oilalar, ishsizlar, yolg‘iz keksalar, nogironlar va xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimlari, aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning xususiyatlari, aholining turmush darajasi va daromadlari, ularni davlat tomonidan tartibga solish usullari, ijtimoiy sug‘urtaning mohiyati, shakllari va milliy tizimlari, ijtimoiy ta’minot tizimining shakllanishi va rivojlanishi, pensiya tizimining mohiyati va uni isloh qilish yo‘llari yoritilgan.