Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar kuchayishi, ekstremal va texnogen hodisalar natijasida qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligining pasayishi, chorva yaylovlarining qisqarib borishi hamda chorva hayvonlari uchun ozuqa bazasining kamayishi bilan bog‘liq hodisalardan sug‘urtalash, agrosanoat majmui korxonalari faoliyatini sug‘urtalashning huquqiy manfaatlarini himoyalashning metodologik asoslarini ishlab chiqish, agrosug‘urta
sohasida ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflarni
ishlab chiqishda aktuar hisobni yuritish, agrosanoat majmuida qishloq xo‘jaligi ekinlari
hosilini sug‘urtalash xarajatlarini kamaytirish borasida raqamli texnologiyalarni joriy
etish, agrosanoat majmui korxonalarini sug‘urtalashda indeks sug‘urtalashning uslubiy
jihatlarini o‘rganish, agrosanoat majmui korxonalarini sug‘urtalashni strategik jihatdan
rivojlantirish borasidagi ilmiy-tadqiqotlar ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.