Xalqaro maydonda raqobatlashuv jarayonlarining kuchayib borishi sharoitida mehnat bozorini samarali rivojlantirish hamda ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklifini o‘zaro muvofiqlashtirishning ilmiy-uslubiy hamda tashkiliy jihatlari tadqiq etilmoqda. Mehnat resurslari soni yuqori bo‘lgan hududlarida aholini ish bilan bandlik darajasini oshirish va yangi ish o ‘rinlarini tashkil etish, ishsizlik darajasini kamaytirish, o‘zini o ‘zi band qilish tizimini takomillashtirish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini oshirish, qishloq hududlarida istiqomat qilayotgan aholining doimiy ish bilan bandligini ta’minlash hamda aholi farovonligini oshirish, mintaqa aholisini yashil iqtisodiyot talablariga mos keladigan yangi kasblarga tayyorlash hamda yashil ish o‘rinlarini barpo etish, mehnat bozorida inklyuziv bandlikni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarni axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini oshirish orqali ular uchun muvofiq bo‘lgan ish o ‘rinlari bilan ta’minlash kabi dolzarb masalalar bu boradagi ilmiy
tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.