Jahonda iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish muammolari dolzarb tus olayotgan sharoitda korxonalarda mehnatga haq to‘lash bo‘yicha iqtisodiy munosabatlarning tadqiqiga oid ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jazoni ijro etish tizimi korxonalarida yangi ish o‘rinlari yaratish va mahkumlarni ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, mahkumlarning ishlab chiqarish dasturlarini bajarishga moslashish qobiliyatini saqlab qolish yo‘llarini izlash, ularning mehnat salohiyatini saqlash va rivojlantirish, yuqori unumli mehnatga qiziqishini oshirish, jazoni o‘tayotgan shaxslarni mehnatga moslashtirish jarayonida mehnatga haq to‘lashni tashkil etish samaradorligini oshirish, shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarning huquq va manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish singari dolzarb masalalar jahondagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor
yo‘nalishlaridan hisoblandi.