O‘zbekistonda tijorat banklarida blokcheyn texnologiyasi asosida kreditlash tizimi iqtisodiy samaradorligini oshirish va moliyaviy xizmatlar sifatini yaxshilash uchun istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Blokcheyn texnologiyasini kreditlashda qo‘llanilishi mazkur jarayondagi barcha operatsiyalarning shaffofligini ta’minlaydi va firibgarlik xavfini kamaytiradi, ushbu jarayonlarni avtomatlashtirish asosida vaqt va xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish, mijozlar haqida ishonchli va shaffof kredit tarixini yuritish imkonini beradi.