Jahon iqtisodiyotida tijorat banklari kredit portfeli sifatini oshirish moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, kredit xavfini kamaytirish, bank aktivlarining likvidligi va foydaliligini oshirish, iqtisodiyotning real sektoriga samarali moliyaviy resurslar yo‘naltirish hamda bank tizimiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kredit portfelini sifatli shakllantirish banklarning riskni boshqarish strategiyalarini kuchaytirish, qarz oluvchilarning to‘lov qobiliyatini aniq baholash, diversifikatsiya va sektorlararo tahlillardan foydalanishni talab etadi.