Jahonda raqamli iqtisodiyotning tobora rivojlanishi va keng miqyosda tadbirkorlik subyektlari eksport jarayonida raqamli platforma-lardan foydalanish XXI asrning global tendensiyasiga aylangan bo‘lib, tadbirkorlik subyektlari eksportining raqamli platformalar orqali amalga oshirishni rivojlantirishda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Eksport jarayonini raqamlashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportida raqamli platformalarning keng ko‘lamli tarmog‘ini rivojlantirishda ulkan ma’lumotlar bazasini yaratish «Big Data» (ulkan ma’lumotlar) va foydalanuvchilar Internet-platformada axborot texnologiyalari resurslarda ma’lumot kiritish yoki olish uchun «Cloud Somputing» (bulut
texnologiyasi) ishlatadilar. Shuningdek, raqamli ekotizim bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.