Jahon amaliyotidan ma’lumki, qaysi mamlakatda xizmat k o ’rsatish sohasi rivojlansa, bu birinchi galda, o ’sha mamlakat aholisining turmush darajasini sifat jihatidan ko’tarilishiga va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik ta’minlanishiga zamin yaratadi. Shu o ’rinda ta’kidlab o ’tish lozimki, globallashuv sharoitida mamlakatlarning barqaror taraqqiy etishi, milliy iqtisodiyotlardagi tarmoqlarning jadal rivojlanishi va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishi uchun, avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoniga turli darajada ta’sir etuvchi hamda o ’sish sur’atining sekinlashishiga olib keluvchi holatlarni tahlil qilish va
zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.