Oʻzbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tarkibida milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga tobora integratsiyalashuvi, global xavf-xatarlarning oshib borishi sharoitida xalqaro sugʻurta hamjamiyati bilan hamkorlikni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Respublika hukumati tomonidan sugʻurta bozorini tubdan isloh qilish, davlatga tegishli yirik sugʻurta kompaniyalarini transformatsiya qilish, sugʻurta kompaniyalari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishning xalqaro standartlarini joriy qilish, eng muhimi, sugʻurta mahsuloti isteʼmolchilari manfaatlarining ishonchli himoyasini taʼminlash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.