Jahonda qurilish-pudrat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va auditini xalqaro
standartlar asosida tashkil etishga oid ilmiy izlanishlarga alohida eʼtibor
qaratilmoqda. Mazkur tadqiqotlarda qurilish-pudrat tashkilotlarida xarajatlarni
tasniflash, hisob siyosatini retrospektiv qoʻllash, segmentar hisobotlarni tuzish,
moliyaviy natijalar hisobini yuritishda xaridorlar bilan shartnomalar boʻyicha tushumni
tan olish tartibini takomillashtirish, aktivlar va majburiyatlarni baholashda haqqoniy
qiymatdan foydalanish, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish,
baholangan va shartli majburiyatlar hisobini mukammallashtirish, qurilish-pudrat
tashkilotlari faoliyati auditida tahliliy amallarni qoʻllash, faoliyat uzluksizligi va
hisobot sanasidan keyingi hodisalarni baholash, firibgarlik bilan bogʻliq muhim buzib
koʻrsatish holatlari boʻyicha risklarni baholash, modifikatsiyalangan auditorlik
xulosalarini tuzish kabi yoʻnalishlar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda