Jahon mamlakatlari xalqaro amaliyotida qo‘shilgan qiymat solig‘ining buxgalteriya hisobini va ma’muriyatchiligini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tashkil etish, soliq imtiyozlari buxgalteriya hisobi uslubiyotini takomillashtirish, qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash mexanizmini raqamlashtirish, ushbu soliq bo‘yicha kameral soliq tekshiruvi va soliq auditi samaradorligini tahlil qilish masalalari bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlaridan hisoblanadi.