O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash hamda
yеtakchi tarmoqlarning raqobatbardoshligini oshirishda xizmat ko‘rsatuvchi
subyektlar faoliyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan,
qishloq xo‘jaligi faoliyatida xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar xarajatlarini hisobga
olish hamda hisobotlarda aks ettirish dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilangan.