Dunyo mamlakatlarida tenglikni targ‘ib qilish evaziga iqtisodiy samaradorlikka erishishni ta’minlash, oliy maktabda inklyuziv ta’limni rivojlantirishda ijtimoiy marketing vositalaridan foydalanish muammolariga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Inklyuziv oliy ta’limni tadqiq etishning uslubiy asoslarini rivojlantirish, inklyuziv oliy ta’limni rivojlantirishda
ijtimoiy marketing jihatidan yondashuv tamoyillarini ochib berish, zamonaviy
raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali inklyuziv oliy ta’lim faolligini oshirish
mexanizmlarini ishlab chiqish, imkoniyati cheklangan shaxslar oliy ta’lim olishiga
ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modelini ishlab chiqish kabi masalalar bu
borada amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan
hisoblanadi