Jahonda global integratsiyaning jadallashuvi sharoitida rivojlangan mamlakatlar oliy ta’lim faoliyatida raqamli texnologiyalar keng joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalari iqtisodiy o‘sishni, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim omillaridan biri ekanligini o‘z tajribalarida namoyon qilmoqdalar. Shu bois, jahondagi global rivojlanish raqamli iqtisodiyot ta’sirida oliy ta’limni o‘zgartirish jarayonlari faol davom etmoqda.