Mamlakatimiz iqtisodiyotida ham qurilish majmuasi, jumladan, qurilish materiallari sanoati muhim oʻrin tutadi. Uning holati mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi koʻrsatkichlaridan biri boʻlib xizmat qiladi. Qurilish materiallari sanoati butun mintaqa iqtisodiyotiga taʼsir koʻrsatadigan asosiy tarmoqlardan biridir. Ayniqsa, uy-joy qurilishi koʻp jihatdan qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish holatiga bogʻliq, chunki qurilish- montaj ishlari qiymati tarkibida qurilish materiallarining oʻrtacha ulushi 60 foizdan ortiq.