Jahonda mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida ro‘y berayotgan miqdor va sifat o‘zgarishlari uyg‘unligiga taraqqiyotning muhim xususiyatlaridan biri sifatida
e’tibor qaratilib kelinmoqda. Iqtisodiyot rivojlanishining sifat jihatdan taraqqiy
etishi uning inklyuziv o‘sishiga erishishidagi muhim omillardan biri hisoblanadi.
Iqtisodiyotning inklyuziv o‘sishini ta’minlash mamlakat aholisining har jihatdan
farovonligini o‘zida ifodalab, bunda inson kapitalini rivojlantirish asosiy
omillardan birini namoyon etmoqda.